One UI 8.5 Beta yangilanishi Galaxy S25 seriyasida Expert RAW ishlashini buzdi

23-dekabr 2025 11:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
One UI 8.5 Beta yangilanishi Galaxy S25 seriyasida Expert RAW ishlashini buzdi
Foto: Sammobile

One UI 8.5 Beta yangilanishi Galaxy S25 seriyasida Expert RAW ishlashini buzdi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

Samsung tomonidan taqdim etilgan One UI 8.5 Beta yangilanishi asosan tizim barqarorligini yaxshilashga qaratilgan edi. Biroq yangilanishdan so‘ng Expert RAW ilovasi umuman ochilmayotgani aniqlandi. Ilova ishga tushirilganda foydalanuvchiga Galaxy Store orqali yangilash taklif qilinadi, ammo hozircha do‘konda mos yangilanish mavjud emas.

Expert RAW Samsung’ning oddiy Pro-rejimdan ancha keng imkoniyatlarni taklif qiluvchi kamera ilovasi hisoblanadi. U ko‘p kadrli ishlov berish texnologiyasidan foydalanib, yuqori sifatli RAW formatdagi suratlar olish imkonini beradi. Shuningdek, ilova astrofotografiya, kengaytirilgan qo‘lda sozlashlar va professional darajadagi tasvirni qayta ishlash funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Samsung muammodan xabardor bo‘lishi mumkin. Chunki One UI 8.5 Beta bilan bir vaqtda Camera Assistant ilovasining yangi versiyasi ham chiqarilgan. Bu esa kompaniya Expert RAW uchun ham moslashuv yangilanishi ustida ishlayotganidan darak berishi mumkin. Biroq hozircha rasmiy izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S24 Ultra va Galaxy S25 Ultra smartfonlarini taqqoslagan edi.

Shuningdek