Romitan tumanida bir milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzildi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan MChJda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, salkam 1,1 mlrd so‘mlik zarar hisoblandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tumandagi «Chelong‘u» MFYda joylashgan MChJda xatlov o‘tkazilganida, iste’molchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq orqali gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, zarar miqdori 1 mlrd 99 mln so‘m sifatida qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda marmar toshlar orasiga giyohvandlik moddalari yashirgan shaxslar ushlangan edi.