Lexus RX450h+ elektr modelini taqdim etdi

24-dekabr 2025 13:13 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Tarantas News

Lexus Avstraliyada o‘zining krossoverlari oilasini RX450h+ Luxury modeli bilan boyitdi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Yangi RX450h+ Luxury narxi 105 350 Avstraliya dollarini tashkil etadi. Mashina ikkita elektromotor va 2,5 litrli to‘rt silindrli benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy quvvati 338 ot kuchini tashkil qiladi.

Yangi versiya faqat elektr energiyasi bilan 85 kilometr masofani bosib o‘ta oladi, bu esa shahar sharoitida qulay harakatlanish imkonini beradi.

RX450h+ Luxury o‘zining qimmatroq Sports Luxury versiyasidan ko‘plab qulayliklar va zamonaviy texnologiyalarni meros qilib olgan.

Yangi versiya yaratilishining asosiy sababi – elektrlashtirilgan transport vositalariga bo‘lgan talabning oshishi bo‘ldi. Lexus statistik ma’lumotlariga ko‘ra, RX seriyasi xaridorlarining 85 foizi aynan elektrlashtirilgan variantlarni tanlaydi, NX krossoverida esa bu ko‘rsatkich 80 foizni tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan eng ishonchli Lexus avtomobillari ro‘yxati e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek