Xiaomi 17 Ultra 200 dollarga qimmatlashadi

24-dekabr 2025 15:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 Ultra xotira tufayli ishlab chiqarishda $200 ga qimmatlashadi. Bu haqda Mydrivers xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 GB operativ va 256 GB doimiy xotiraga ega bazaviy konfiguratsiyaning chakana narxi atigi $70 ga oshadi. Xarajatlarning katta qismini kompaniyaning o‘zi qoplaydi. Taqqoslash uchun, Xiaomi 15 Ultra ayni konfiguratsiyada $925 dan sotuvga chiqqan edi. Shu asosda 17 Ultra’ning kutilayotgan boshlang‘ich narxi taxminan $995 bo‘lishi aytilmoqda.

Xiaomi Group prezidenti Lu Weibing avvalroq yangi flagman qimmatlashishini tan olgan, biroq xotira bozoridagi keskin narx oshishiga qaramay, yakuniy baho maqbul darajada saqlanishini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu narx va imkoniyatlar nisbatini saqlab qoladi.

17 Ultra 25-dekabr kuni Xitoyda taqdim etilishi kutilmoqda.

Smartfon Leica kamerasiga ega bo‘ladi. Unda 1 dyuymli sensor, 200 MP periskop modul va 75 mm dan 100 mm gacha uzluksiz optik zum qo‘llanadi. Qurilma butun zum diapazonida 200 MP optik aniqlikni saqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 17 Ultra kamerasi taqdimotdan oldin sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek