O‘zbekistondagi foto-video qayd etish tizimi bo‘yicha rasmiy izoh berildi

eʼlon qilindi
Bundan oldin e’lon qilingan maqolaga javoban
O‘zbekistondagi foto-video qayd etish tizimi bo‘yicha rasmiy izoh berildi / Foto: Techcrunch

Mamlakat hududidagi o‘rnatilgan foto-video qayd etish tizimi bilan bog‘liq tanqidiy maqola yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. Bu haqda IIV ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, maqolada tizim orqali transport vositalari, davlat raqam belgilari, hodisa joyi koordinatsiyalari va qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni internet orqali olish mumkin. Bu esa respublika bo‘ylab harakat qilayotgan transport vositalarini kuzatish imkonini berishi aytilgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, mazkur axborot haqiqatga mos kelmaydi. O‘zbekiston hududida o‘rnatilgan foto-video qayd etish tizimi fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashmasligini ta’minlaydi va qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar maxsus tartibda himoyalangan holda qayd etiladi.

Ma’lumot uchun, Techcrunch nashri tomonidan e’lon qilingan maqolada O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan yuzga yaqin foto-video qayd etish kameralarining avtomobilning davlat raqamlarini kuzatish tizimi internetga ochiq qolib, har qanday shaxsga ma’lumotlarga kirish imkonini bergani haqida so‘z borgan. Tizim orqali transport vositalari, ularning egasi va qoidabuzarliklari 4K sifatida qayd etilib, real vaqt rejimida kuzatilgan. Xavfsizlik tadqiqotchisi Anurag Sen tizimdagi zaiflikni aniqlab, uning ma’lumotlar bazasida millionlab surat va videolar mavjudligini iddao qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV tomonidan Toshkentda jinoiy guruh 17 kg sintetik giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek