Moskvada 400-500 ming ishchi yetishmayapti — Sergey Sobyanin

eʼlon qilindi
Shahar meri demografik inqiroz tufayli vaziyat yanada yomonlashishidan ogohlantirdi
Foto: Kommersant

Moskvada ayni paytda 400 mingdan 500 minggacha ishchi yetishmayapti. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin Moskva shahar dumasi yig‘ilishidagi hisoboti chog‘ida ma’lum qildi.

Sergey Sobyaninning ta’kidlashicha, demografik inqiroz sababli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kelajakda yanada ortishi kutilmoqda. Garchi iqtisodiyotning turli sohalarida mutaxassislar yetishmasa-da, eng katta talab ishchi kasblariga to‘g‘ri keladi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlarining 70 foizida yuqori malakali ishchilar talab qilinmoqda.

Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ta’lim bozorida nomutanosiblik yuzaga kelgan: oliy ma’lumotli mutaxassislar ko‘payib, kollejlar (o‘rta maxsus ta’lim) unchalik ommalashmagan edi. Hozirda meriya ushbu vaziyatni o‘zgartirish va ishchi kasblariga qiziqishni oshirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Hh.ru ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva bo‘sh ish o‘rinlari soni bo‘yicha Rossiyada yetakchi hisoblanadi — joriy yilda mamlakatdagi jami takliflarning 19 foizi (1,9 mln) Moskva hissasiga to‘g‘ri kelgan. Eng katta taqchillik oshpazlar, nonvoylar, sotuvchilar, kassirlar va ishlab chiqarish liniyasi operatorlari orasida kuzatilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyadagi maktabda tojikistonlik 10 yoshli bola o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek