O‘zbekistonda ulgurji savdo aylanmasi 11 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–noyabr oylariga doir savdo ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur davrda O‘zbekistonning ulgurji savdo aylanmasi 403 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foiz ko‘proqdir.
1-dekabr holatiga chakana savdo yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 ming 197 tani tashkil etadi. Statistikaga ko‘ra, ulgurji savdo aylanmasi ham sezilarli o‘sish qayd etgan.
Yanvar–noyabr oylari yakunida ulgurji savdo 443,4 trln so‘mga teng bo‘ldi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 12,8 foizni tashkil qilgan. Ulgurji savdoda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 51 ming 497 taga yetgani qayd etildi.
Kursiv Uzbekistan nashri ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha yetti foizga oshgani haqida yozgan edi.