Toshkentda Qorbobolar paradi qayerlarda o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
26-dekabr kuni
Qorbobolar paradi
Foto: Andijon viloyati Yoshlar ishlari agentligi

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrida Qorbobolar paradi tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.

Milliy gvardiya harbiy orkestr jamoalari ishtirokidagi mazkur namoyish 26-dekabr kuni poytaxtning bir nechta markaziy hududlarida o‘tkaziladi.

Jumladan, qorbobo libosidagi orkestr jamoasi soat 19:00 da Amir Temur xiyobonidan Markaziy archa tomon saylgoh bo‘ylab musiqiy chiqishlar bilan harakatlanadi. Soat 20:30 da Magic City majmuasining asosiy kirish qismidan Yangi yil archasi yo‘nalishi bo‘ylab, 21:30 da esa Tashkent City Mall savdo majmuasidan Tashkent City saylgohidagi Yangi yil archasi tomon yurish davom ettiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi yilning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek