Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi treyleri 3 kunda 31 mln marta tomosha qilindi

eʼlon qilindi
Film budjeti $250 mlnni tashkil etadi
Foto: Rolling Stone

Kristofer Nolanning Gomer dostoni asosida suratga olingan «Odisseya» (The Odyssey) filmining ilk treyleri qisqa vaqt ichida katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Universal Pictures taqdim etgan video uch kun ichida 31 mln martadan ortiq tomosha qilindi.

Kartinada bosh rolni Itaka qiroli Odisseyni Mett Deymon ijro etgan. Uning rafiqasi Penelopa obrazini Enn Xeteuey, o‘g‘li Telemaxni esa Tom Holland gavdalantirgan. Film syujeti qadimgi yunon dostoniga asoslangan bo‘lib, Odisseyning troyan urushidan keyin o‘z vataniga qaytishdagi uzoq va xavfli sarguzashtlari, jumladan, siklop Polifem va jodugar Kirka bilan to‘qnashuvlarini hikoya qiladi.

The Odyssey | Official Trailer

«Odisseya» filmi $250 mlnlik budjeti bilan Kristofer Nolan faoliyatidagi eng qimmat loyiha bo‘ldi. Bu to‘liq IMAX 70 mm formatdagi kameralarda suratga olingan birinchi film hisoblanadi. Tasvirga olish ishlari 2025-yilning fevralidan avgustigacha Marokash, Gretsiya, Italiya, Shotlandiya, Islandiya va G‘arbiy Sahroi Kabirda bo‘lib o‘tgan.

Aktyorlar jamoasidan, shuningdek, Robert Pattinson, Zendaya, Sharliz Teron, Lupita Niongo va Jon Berntal kabi yulduzlar o‘rin olgan. Film premyerasi AQShda 2026-yil 17-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Shelbilar oilasi» franshizasining yangi filmi premyera sanasi va tizer e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek