O‘zbekiston eksporti 30,9 mlrd dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Eksport ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga o‘sdi
Foto: O‘zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsulxonasi

2025-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmi $30,9 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 26,2 foizga o‘sishga erishdi. Hisobot davrida O‘zbekiston mahsulotlari eng ko‘p eksport qilingan davlat Rossiya bo‘ldi. Ushbu mamlakatga jami $4 mlrdlik mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinni $1,9 mlrd ko‘rsatkich bilan Xitoy egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni $1,3 mlrdlik hajm bilan Afg‘oniston yakunlab turibdi.

Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston ham Afg‘oniston bilan bir xil $1,3 mlrdlik natijani qayd etgan. Turkiya ($1 mlrd) va Fransiya ($775,8 mln) O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari qatoridan joy olgan. Eksport geografiyasidagi boshqa yirik hamkorlar qatorida BAA ($642,7 mln), Qirg‘iziston ($560,4 mln), Tojikiston ($531,8 mln) va Pokiston ($321,8 mln) qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ulgurji savdo aylanmasi 11 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek