Toshkent bosh archasi balandligi bo‘yicha dunyo reytingidan joy oldi

eʼlon qilindi
Poytaxtdagi ushbu archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatilgan
Foto: Toshkent shahar hokimligi

O‘zbekiston poytaxtining bosh yangi yil archasi dunyo poytaxtlaridagi eng baland archalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Archaning balandligi 35 metr bo‘lib, u Toshkentni dunyoning yirik megapolislari qatoriga qo‘shdi. Reytingda Braziliya yetakchilik qilmoqda (57 metr). O‘zbekiston archasidan so‘ng Madrid (35 metr), Jakarta (33 metr), Buxarest va Lissabon (30 metr) hamda Vena (28 metr) archalari o‘rin olgan.

So‘nggi qatorlarda esa Varshava (27 metr), Moskva hamda Praga(26 metr), Rim va London (25 metr) archalari keltirilgan. Eng kichik archa esa Budapeshtda (23 metr) joylashgan.

Avvalroq «Kursiv» yangi yil arafasida va undan keyin Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatilishi haqida xabar bergandi. Unga ko‘ra, bosh archa Milliy kutubxona yaqinida bo‘ladi.

Shuningdek