2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasidan
Tadbirkor
2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi / Foto: AndreyPopov / depositphotos

2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, kelgusi yilda asosiy maqsad aholini doimiy daromadli qilish. Bu jarayonda tadbirkorlar muhim rol o‘ynaydi. Ular sanoat va servis obyektlarini tashkil etib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqda, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘rgatmoqda.

Shu bois tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati davom ettiriladi. 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi.

«Asosiy maqsadimiz odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Puli bor odam yaxshi kiyinish va ovqatlanishga, sifatli ta’lim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga, mazmunli dam olishga, bir so‘z bilan aytganda, farovon yashashga intiladi», – dedi davlat rahbari.

Bundan tashqari, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trln so‘m resurs yo‘naltiriladi. Shundan 43 trln so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari ijtimoiy himoya tizimidagi tub o‘zgarishlarga to‘xtalar ekan, kredit, subsidiya va kompensatsiya kabi 100 dan ortiq xizmatlar «mahalla yettiligi» orqali yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Joriy yilda 1,5 mln ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, 1 ming 435 ta mahalla ilk bor «kambag‘allikdan xoli» hududga aylandi.

Shuningdek