Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol 10 yilga qamalishi mumkin

eʼlon qilindi
Maxsus prokuror sobiq rahbarni konstitutsiyani buzish va hibsga olishga to‘sqinlik qilishda aybladi
Foto: The Korea Herald

Janubiy Koreyada maxsus prokuror mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga 10 yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘radi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Maxsus prokurorlar guruhi suddan Yun Sok Yolni hibsga olish orderi ijrosiga to‘sqinlik qilgani uchun 5 yil ozodlikdan mahrum etishni so‘radi. Shuningdek, Vazirlar mahkamasi a’zolarining ovoz berish huquqini buzish, xorijiy OAVga yolg‘on ma’lumot tarqatishga urinish va telefon yozuvlarini o‘chirishga buyruq berish ayblovlari bo‘yicha 3 yil so‘ralgan. Harbiy holat to‘g‘risidagi yozma bayonotni soxtalashtirish ayblovi uchun esa qo‘shimcha 2 yillik jazo talab qilindi.

«Konstitutsiya va qonun ustuvorligini himoya qilishda oldingi saflarda turishi kerak bo‘lgan Yun Sok Yol jamoatchilik ishonchini oqlamadi va qilmishidan pushaymon emas», — dedi maxsus prokuror o‘z yakuniy nutqida.

Ayblov tomoniga ko‘ra, qat’iy jazo kelajakda davlat rahbarlari tomonidan hokimiyat suiiste’mol qilinishining oldini olish uchun zarurdir. Sud hukmi 2026-yilning 16-yanvariga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu sana Yun Sok Yolning hibsda saqlash muddati tugashidan ikki kun avvalga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya banki o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek