Toshkentda yana Qorbobolar paradi o‘tkaziladi
eʼlon qilindi
27-dekabr kuni soat 19:00 da boshlanadi

Bugun, 27-dekabr kuni poytaxtda Milliy gvardiya harbiy orkestri ishtirokida Qorbobolar paradi yana namoyish etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Tadbir jadvali:
- 19:00 — Markaziy archa (Alisher Navoiy kutubxonasi oldi)
- 20:30 — Magic City majmuasi
- 21:30 — Tashkent City Mall — Tashkent City bog‘i yo‘nalishi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 26-dekabr kuni Qorbobolar paradi bo‘lishi haqida yozgandi.