Apple’ning buklanuvchi iPhone’ining renderlari oshkor qilindi

27-dekabr 2025 20:06 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Videodan olindi

Insayder Jon Prosser (Apple bilan iOS 26 dizaynining sirlarini oshkor qilgani uchun sudlashayotgan shaxs) o‘z YouTube-kanalida kelajakdagi buklanuvchi iPhone modelining sifatli renderlarini taqdim etdi. Qurilma taxminan iPhone Ultra nomi bilan chiqarilishi mumkin.

Here

Yangi telefon ichki ekranining diagonali 7,8 dyuym, tashqi ekran esa 5,5 dyuym bo‘ladi. Qurilmaning qalinligi yopiq holatda 9 mm, ochiq holatda esa atigi 4,5 mm. U asosiy juft kamera va ikki selfie-kamera bilan jihozlanadi. Face ID tizimi o‘rniga Touch ID quvvat tugmasiga integratsiya qilinadi. Qurilmaning taxminiy narxi $2000–$2500 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Videodan olindi

Jon Prosser ilgari Google Pixel 7, Pixel 7 Pro va Pixel Watch taqdimot sanalarini oshkor qilgan, shuningdek iPhone SE 2020 va MacBook Pro 13 modellari taqdimotini birinchi bo‘lib e’lon qilgan edi. Shu yil u iPhone 17 Pro renderlarini premeradan bir oy oldin taqdim etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple bukiladigan iPhone’ni iOS 27 bilan taqdim etishi kutilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek