2026-yildan QQS tushumlarining bir qismi mahalliy budjetlarga beriladi

eʼlon qilindi
QQS tushumlarining 5 foizi Toshkent shahar budjetiga, qolgan hududlar budjetlariga esa 20 foizi o‘tkaziladi
Foto: Unsplash

2026-yildan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)dan tushgan mablagʻlarning bir qismi mahalliy budjetlarga yoʻnaltiriladi. Bu haqda prezident tomonidan mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan qarorda belgilandi.

Qarorga muvofiq, QQS tushumlarining 5 foizi Toshkent shahar budjetiga, qolgan hududlar budjetlariga esa 20 foizi oʻtkaziladi. Mazkur mexanizm hududlarning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, QQS, foyda soligʻi, yonilgʻiga aksiz soligʻi, davlat boji, jarima va yigʻimlardan tushadigan daromadlar boʻyicha tuman va shahar budjetlariga ajratmalar meʼyorlari belgilanadi. Mahalliy Kengashlarga alkogol mahsulotlarini sotish yigʻimlari stavkasini 20 foizgacha oshirish vakolati beriladi. Ushbu tushumlar toʻliq mahalliy budjetlarda qoladi.

Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berishdan hamda dehqon va buyum bozorlaridan tushadigan soliqlar tegishli hududlarning budjetlariga yoʻnaltirilib, infratuzilmani rivojlantirishga sarflanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi sayyohlar toʻlagan QQSni qaytarib olishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek