O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 15,6 ming egizak chaqaloq tug‘ildi

eʼlon qilindi
421 hollarda uch yoki undan ortiq bola bir vaqtda tug‘ilgan
O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 15,6 ming egizak chaqaloq tug‘ildi / Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2025-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda 15,6 mingdan ortiq egizaklar tug‘ilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu davrda 421 hollarda uch yoki undan ortiq bolalar bir vaqtda dunyoga kelgan. Umumiy olganda, mamlakatda o‘tgan to‘qqiz oy davomida 664,6 ming tug‘ilish qayd etilgan.

2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 38,07 mln kishiga yetgan. O‘tgan yil davomida aholi soni deyarli 714 mingga oshib, o‘sish sur’ati taxminan 1,9 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda O‘zbekistonda jami 21 107 nafar egizak bola tug‘ilgan. Ulardan 10 630 nafari egizak o‘g‘il bola, 10 477 nafar esa egizak qiz edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek