O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda

eʼlon qilindi
Eng yuqori ko‘rsatkich Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
safar
Foto: Pexels.com

2025-yilning yanvar – noyabr oylarida qariyb 7 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan deyarli 1,3 million nafarga yoki 23 foizga oshgan.

Joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p qo‘shni davlatlarga safar qilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelib, bu mamlakatga 3,1 million nafar o‘zbekistonlik borgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (1,3 million) va Tojikiston (1,2 million) joy olgan. Uzoq xorij mamlakatlari orasida Rossiya yetakchi bo‘lib, unga 399 ming nafar fuqaro safar qilgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoniga 296,4 ming, Turkiyaga 251,1 ming, Birlashgan Arab Amirliklariga 126,3 ming nafar o‘zbekistonlik tashrif buyurgan. Sayyohlar oqimi Misr, Xitoy va Vyetnam yo‘nalishlarida ham sezilarli bo‘lib, bu davlatlarga mos ravishda 61 ming, 46 ming va 35,6 ming nafar fuqaro borgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston 11 oyda ko‘proq qaysi davlatdan narsa sotib olgani haqida yozgandi.

Shuningdek