Qirg‘izistonda sobiq prezident Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi

eʼlon qilindi
Hozircha rasmiylar mukofotlardan mahrum etish qarorining batafsil asoslari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan
Qirg‘izistonda sobiq prezident Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi
Foto: President.kg

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Tegishli farmonni mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov imzoladi.

Avvalroq 3-iyun kuni Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi Atambayevni 2019-yilda Koy-Tash qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha aybdor deb topgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezident 11,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘sha voqealar chog‘ida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining «Alfa» maxsus bo‘linmasi Atambayevni kuch bilan qo‘lga olishga uringan. Amaliyot davomida sobiq prezident tarafdorlari bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Atambayev sud hukmiga munosabat bildirar ekan, agar uning aybi Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan tan olinsa, istalgan jazoni o‘tashga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Hozircha rasmiylar mukofotlardan mahrum etish qarorining batafsil asoslari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda elektron sigaretalar importiga vaqtinchalik taqiq joriy etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek