Yangi Namangan tumaniga hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
U tuman tashkil etilganidan buyon tayinlangan ikkinchi hokim hisoblanadi
Foto: Namangan viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiyada deputatlar viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning 2021-yilning aprelidan buyon ishlab kelayotgan Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevni vazifasidan ozod qilish va tuman Kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladi. 2022-yilning dekabrida Abdullayevning tarmoqlarda tadbirkorni so‘kkani aks etgan audio tarqalgandi. Shundan so‘ng viloyat hokimi o‘tkazgan odob-axloq qoidalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishida hokimga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan va barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilingan.

Karabayev Adham Jakbaraliyevich esa uning o‘rniga Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Namangan filiali bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Yangi Namangan tumani Namangan shahri tarkibida 2021-yilda tashkil etilgan.

Avvalroq «Kursiv» Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergandi.

Shuningdek