Huawei va SGMW yangi Baojun Huajing S gibrid krossoverini taqdim qildi

29-dekabr 2025 12:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: CarNewsChina

Huawei hamda SAIC-GM-Wuling hamkorligida ishlab chiqilgan yangi Baojun Huajing seriyasining ilk flagmani taqdim etildi. Olti o‘rindiqli Baojun Huajing S plagin-gibrid krossoveri Huawei’ning Qiankun ilovasi orqali namoyish qilindi.

Model standart tarzda Huawei Qiankun ADS 4.0 ilg‘or haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlanadi. Shuningdek, avtomobilda HarmonySpace 5.0 aqlli salon, Huawei’ning IVCS bulutli avtomobil xizmatlari va salon ichini kuzatishga mo‘ljallangan Limera lazerli ko‘rish texnologiyasi mavjud bo‘ladi.

Bu strategiya aqlli haydash, aqlli salon va aqlli ishlab chiqarishga qaratilgan. Hamkorlikning asosiy maqsadi aqlli texnologiyalarni 150 ming yuan, ya’ni taxminan $21,3 ming segmentdagi avtomobillarda ommalashtirishdan iborat.

Huawei bugunga qadar Harmony Intelligent Mobility Alliance doirasida bir nechta avtomobil brendlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ular orasida Seres, Chery, BAIC, JAC va SAIC mavjud. Dongfeng va GAC bilan hamkorlik loyihalari ham tayyorlanmoqda.

Baojun Huajing S tashqi dizayni yirik trapeziasimon radiator panjarasi va Z shaklidagi uzluksiz old chiroqlari bilan ajralib turadi. Orqa qismda ham butun kenglik bo‘ylab cho‘zilgan fonarlar qo‘llangan. Model Baojun’ning Tianyu platformasida yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Polestones Adamas avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek