AQShlik avtomobil ishqibozi Ferrari 412’ni modernizatsiya qilishga 1,8 mln dollar sarfladi

eʼlon qilindi
Ferrari 412 uchun qariyb $2 mln sarflandi
Foto: Carscoops

Amerikalik avtomobil ishqibozi Ferrari 412 modelini tubdan o‘zgartirish uchun $1,8 mlndan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu haqda Carscoops xabar bermoqda.

Foto: Carscoops

Yangi o‘rnatilgan dvigatelning tashqi ko‘rinishi klassik uslubga moslashtirilgan bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri purkash tizimi o‘rniga taqsimlangan purkash (port injection) tizimi va 12 ta alohida drossel klapanlari qo‘llanilgan. Dvigatel Ferrari 599 GTB modelidan olingan va avtomatikdan mexanik boshqaruvga o‘tkazilgan 6 pog‘onali uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan.

Foto: Carscoops

Avtomobil tashqi ko‘rinishi Superfast Gold va qora ranglar uyg‘unligida ishlangan bo‘lib, yashirin chiroqlar olib tashlangan va 45,7 sm maxsus g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Interyer ham tubdan yangilangan. Salonda Alkantara, charm va Rolls-Royce avtomobillarida ishlatiladigan gilamlar mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Polestones Adamas avtomobili taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek