O‘zbekistonda oltin narxi yil davomida 49-marta oshdi

eʼlon qilindi
29-dekabr holatiga oltin quymalar narxi
цены на золото
O‘zbekistonda oltin narxi yil davomida 49-marta oshdi / Foto: Unsplash

O‘zbekistonda oltin quymalari narxlari keskin oshishda davom etmoqda. 2025-yil boshidan buyon oltin quymalari narxi 49 marta ko‘tarilgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 29-dekabr holatiga 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan oshdi. 10 grammli quymaning qiymati 17,9 mln so‘mga yetdi.

Rasm: SI

Shuningdek, 20 grammli quymalar 35,8 mln so‘m, 50 grammli quymalar esa 89,6 mln so‘mga baholandi. 100 grammli oltin quymaning narxi 179,2 mln so‘mni tashkil etdi.

Jahon bozorida ham oltin qimmatlashmoqda. 26-dekabr kuni oltin narxi birinchi marta bir unsiya uchun $4,5 mingdan oshdi. Reuters xabariga ko‘ra, bunga AQShda foiz stavkalari pasayishi kutilayotgani va investorlarning himoyalangan aktivlarga bo‘lgan talabi oshgani sabab bo‘lmoqda.

Yil boshidan buyon oltin jahon bozorida 67 foizga qimmatlagan. Mutaxassislar bu 1979-yildan buyon eng kuchli yillik o‘sish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha 175 tonnaga yetkazilishi xabar qilingandi. Jumladan, Navoiydagi oltin konlarida $320 millionlik loyiha ishga tushadi, qo‘shimcha 2 million tonna ma’dan qayta ishlanadi. Muruntov koni va kumush konlari bo‘yicha $2,3 milliardlik yirik loyihalar amalga oshiriladi. 

Shuningdek