Bo‘stonliqda kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida kadastr xodimining korrupsion harakatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
U mazkur tumanda joylashgan 8 sotix yer maydonidagi xonadonning kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga $5 ming talab qilgan. Olib borilgan tezkor tadbirda u ushbu pulni olgan paytida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi «a», «b» bandlari va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Namangan viloyatida «Ko‘mir ta’minot» MChJning viloyat filialida boshliq o‘rinbosari sifatida ishlaydigan mansabdor shaxs pora ustida qo‘lga olingani haqida yozgandi.