O‘zbekiston gaz importini kamaytirib, eskportni oshirdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning 11 oyiga qaraganda bu yil 5,2 foizga ko‘p gaz sotildi
Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi
Foto: Isp.global

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijga $624,1 millionlik gaz eksport qildi.

Bundan ko‘rinadiki, joriy davrda respublikadan o‘tgan yilning dastlabki 11 oyida chetga sotilgan gazdan 5,2 foizga ko‘p gaz eksport qilingan.

2025-yilning har bir oyi taqqoslab chiqiladigan bo‘lsa, aprel oyida eng ko‘p gaz sotilgan ($105,4 mln). Gaz eksportining o‘sish ko‘rsatkichi fevraldan boshlab osha boshlagan. Xususan, yanvar va oylarida chetga berilgan gaz umumiy hisobda $42 millionga teng edi. Birgina mart oyining o‘zida gaz sotish hajmi oldingi ikki oyga qaraganda taxminan 24,52 foizga ko‘paygan ($52,3 mln).

May ($88,3 mln), iyun ($66,9 mln) oylaridan so‘ng iyulda yana sotish hajmi ko‘tarilgan ($83,7 mln). Yozning so‘nggi oyi — avgustda O‘zbekiston $56,1 millionlik gaz sotgan. Eng kam ko‘rsatkich oktabrga to‘g‘ri kelmoqda ($22 mln). Sentabrda $51,5 millionlik, noyabrda esa $55,9 millionlik gaz xorijga pullangan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda gaz taqchilligi saqlanib qolayotganiga qaramay, gaz eksporti to‘xtamay davom etmoqda.

O‘tgan oyda eksport qilingan gaz 2024-yilning noyabri ($53 mln) bilan taqqoslanganda 5,5 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Import qisqardi

Shuningdek, joriy yilning boshidan buyon O‘zbekiston $1,46 milliardlik gaz import qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,2 foizga kamaygan. Shu bilan birga, noyabr oyida gaz yetkazib berish hajmi keskin oshib, $334,3 millionni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning noyabr oyidagi $186,8 millionlik ko‘rsatkichdan qariyb 1,8 baravar yuqori.

2025-yilning dastlabki 11 oyi mobaynida O‘zbekistonda yirik sanoat korxonalari tomonidan tabiiy gaz va neft ishlab chiqarish hajmi qisqardi. Ushbu davrda 38,9 mlrd kubometr gaz qazib olingan, bu o‘tgan yilning mos davriga (41 mlrd kubometr) taqqoslaganda 5,1 foizga kam. Ammo 2023-yilning dastlabki 11 oyi davomida 2025-yilga qaraganda 10 foizga ko‘p, 2024-yilga nisbatan esa 4,4 foizga ko‘p gaz qazib olingandi (42,8 mlrd kubometr).

Avvalroq «Kursiv» qozog‘istonlik neft va gaz bo‘yicha mutaxassis Asqar Ismoilov beshta mamlakatning milliy gaz uzatish tizimlarini Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi (MOBET)ga o‘xshash yagona tarmoqqa birlashtiradigan Markaziy Osiyo gaz halqasini yaratishni taklif qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek, «Gazprom» Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz eksportini oshirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek