Beyonsening boyligi bir milliard dollarga yetdi

30-dekabr 2025 07:30 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Beyonsening boyligi bir milliard dollarga yetdi / Foto: Forbes

Amerikalik xonanda Beyonsening boyligi $1 mlrdga yetdi. Shu tariqa u milliarder musiqachilar beshligidan joy oldi, deya xabar bermoqda Forbes.

Bu ro‘yxatda uning turmush o‘rtog‘i Jay-Z, shuningdek Rianna, Teylor Svift va Bryus Springstin ham bor.

Nashr qayd etishicha, Beyonsening boyligi so‘nggi yillarda o‘tkazilgan yirik gastrol safarlari hisobiga sezilarli darajada oshgan. Xususan, 2023-yilda tashkil etilgan The Renaissance World Tour jahon gastrol safari qariyb $600 mln daromad keltirib, yilning eng muhim konsert voqealaridan biriga aylandi. 2024-yilda esa xonanda Cowboy Carter nomli kantri albomini chiqardi, u keyingi loyihalar uchun muhim moliyaviy asos bo‘ldi.

Beyonse daromadlarining asosiy qismi musiqiy asarlariga bo‘lgan huquqlar ustidan nazorat va jahon gastrollaridan tushgan mablag‘lar hisobiga shakllangan. 2010-yilda u Parkwood Entertainment kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, ushbu kompaniya uning musiqiy loyihalari, hujjatli filmlari va konsertlarini prodyuserlik qiladi. Shuningdek, xonanda Cécred soch parvarishi brendi, SirDavis viskisi va Ivy Park kiyimlar liniyasiga egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning boyligi rekord darajadagi $749 mlrdga yetgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek