Yangi yil munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytirildi

eʼlon qilindi
Metro 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha ishlaydi
Toshkentda yer usti halqa metro liniyasi to‘liq ishga tushirildi
Yangi yil munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytirildi / Foto: Transport vazirligi

Yangi yil bayrami munosabati Toshkent metropoliteni ish vaqtiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha uzluksiz xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat oralig‘i quyidagi tartibda tashkil etiladi:

SanaHarakat tartibi
2025-yil 31-dekabrShanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida
2026-yil 1-yanvarYakshanba kuni uchun belgilangan jadval asosida
2026-yil 2-yanvarShanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida

Bundan tashqari, 5-yanvar — dushanba kuni ish kuni hisoblanib, ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi yil munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgan edik.

Shuningdek