Boyovut tumaniga yangi hokim tayinlandi
eʼlon qilindi
U bundan oldin Shirin tumani rahbari sifatida faoliyat olib borgan

Xazratqulov Niyoz Namazboyevich Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiyada deputatlar tomonidan Boyovut tumani hokimi lavozimiga Namazboyevich nomzodi tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Niyoz Xazratqulov 1983-yilda Sirdaryo tumanida tavallud topgan. U ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Bunga qadar Boyovut tuman hokimi sifatida Dilfuza Uralova faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Namangan tumaniga hokim tayinlangan edi.