2025-yilda xususiy sektorda qancha xodimga dekret va kasallik nafaqalari to‘lab berilmadi

eʼlon qilindi
Xususiy sektorda band bo‘lganlarning taxminan teng yarmi ayollardan iborat
2026-yildan xususiy sektordagi ayollarga ham «dekret» pulini davlat to‘laydi
Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda o‘rganilgan korxonalarda xodimlarning 64 foiziga kasallik nafaqasi, ayollarning esa 76 foiziga dekret to‘lovi amalga oshirilmagan. Savdo-sanoat palatasi ijtimoiy sug‘urta tizimini 2026-yilda yangi bosqichga olib chiqish uchun sabab bo‘layotgan asosiy omillarni ma’lum qildi.

Tadbirkorlik subyektlari orasida palata tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, 2025-yilda tadbirkorning yuklamasi o‘rtacha ish haqi fondiga nisbatan 1,4 foizni tashkil qilgan. Agar buni aniq raqamlarda keltiradigan bo‘lsak, ijtimoiy nafaqalarni (dekret va kasallik nafaqasi) to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar 1 trln so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Ish haqi fondiga nisbatan kasallik nafaqasi to‘lovi 1 foiz bo‘lsa, onalik ta’tili to‘lovi 0,4 foizga teng. Davlat sektorida 1,4 mln ayol kishi faoliyat olib borgan bo‘lsa, xususiy sektorda bu raqamlar 1,8 mlnni tashkil etgan. Palata rasmiysining aytishicha, bu raqamlarni hisoblashda norasmiy iqtisodiyot hisobga olinmagan. Xususiy sektorda band bo‘lganlarning taxminan teng yarmi ayollardan iborat.

O‘rganilgan korxonalarda kasallik nafaqasini to‘lash bor-yo‘g‘i 36 foizga amalga oshirilgan. Ya’ni qolgan 64 foiz xodimlarga ushbu nafaqalar to‘lab berilmagan. Dekret nafaqasiga kelsak, budjet tashkilotlaridagi xodimlar 100 foiz ushbu nafaqa bilan ta’minlangan bo‘lsa, xususiy sektorda atigi 24 foiz ayollar ushbu pullarni olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, qolgan 76 foiz ayollarning bu pullarni olmasligiga sabab ular dekret ta’tiliga chiqish vaqtida ishdan bo‘shatilgan yoki moliyaviy yetishmovchiliklar tufayli tadbirkorlar to‘lovni amalga oshirmagan.

Qayd etilishicha, yangi tartib bo‘yicha dekret nafaqasini to‘liq davlat to‘lab beradi va tadbirkorlar uni to‘lashdan to‘liq xalos bo‘ladi. Buni amalga tatbiq etishdan asosiy maqsad — fuqarolar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganda ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarni ortiqcha moliyaviy yuklamalardan ozod etish. Shuningdek, yangi tizim orqali norasmiy badlik legalizatsiya qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» 2026-yil 1-yanvardan boshlab xususiy sektorda ishlaydigan ayollar ham ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa olish huquqiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek