O‘zbekiston kichik modulli va ko‘chma atom stansiyalarga qiziqish bildirmoqda

eʼlon qilindi
Rossiyadagi uchrashuvda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Aleksandr Novak
Foto: Unsplash

«O‘zatom» agentligi va Rossiyaning «Kurchatov instituti» ilmiy-tadqiqot markazi tinchlik maqsadida foydalanadigan atom sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Unga ko‘ra, hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari kichik modulli va ko‘chma atom stansiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, yadro tibbiyoti va radioizotoplar ishlab chiqarish, sinxrotron nurlanish va neytron manbalaridan foydalanish, plazma fizikasi, termoyadro sintezi, yuqori energiyalar fizikasi, tabiatga mos va «yashil» texnologiyalar, atom sanoati uchun yangi materiallar va qo‘shimcha texnologiyalar, qo‘shma laboratoriyalar va markazlar tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, akademik mobillik, noyob tadqiqot qurilmalarida tadqiqotlar o‘tkazishdan iborat.

Foto: «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati

Shuningdek, Kurchatov institutining ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi: Yadro tibbiyoti ilmiy-ta’lim markazi, T-15MD tokamak, o‘ta o‘tkazuvchan materiallarning tajriba-sanoat ishlab chiqarishi va Kurchatov sinxrotron nurlanish manbai qo‘shma tashabbuslarni amalda ro‘yobga chiqarish uchun asos bo‘lishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zatom» delegatsiyasi Italiyaning Genuya shahrida joylashgan Ansaldo Energia zavodiga tashrif buyurgandi.

Shuningdek