Gaz yo‘qligi uchun xalqqa qishda tezak yoqishni maslahat bergan hokim ishdan olindi

eʼlon qilindi
Hokimlik u boshqa ishga o‘tganini ma’lum qildi
Gaz yo‘qligi uchun xalqqa qishda tezak yoqishni maslahat bergan hokim ishdan olindi / Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Gazning «tagi yo‘qligi» uchun tezak yoqish kerakligini aytgan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Hokimlikka ko‘ra, Normamatov boshqa ishga o‘tgan. Tumanga yangi hokim sifatida Xoliqov Farrux Omonovich tanishtirilgan.

Foto: Farrux Xoliqov / Surxondaryo viloyati hokimligi

Ma’lumot uchun, Farrux Xoliqov 1985-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2016-yilda Bosh prokuratura oliy o‘quv kursini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Avvalroq «Kursiv» Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergandi.

Shuningdek