Uch investorga MobiUz’ni sotib olish bo‘yicha takliflarini yaxshilash uchun vaqt berildi

eʼlon qilindi
MobiUz’ni sotish loyihasi hozir xalqaro savdolarning yakuniy bosqichida turibdi
Mobiuz
Foto: YandexMaps

MobiUz’ni sotib olish bo‘yicha eng yuqori narx va eng qulay shartlarni taklif qilgan uch investor o‘z arizalarini yaxshilash uchun qo‘shimcha vaqt oldi. Ular takliflarni 2026-yil 23-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar topshirishi mumkin.

Gap Universal Mobile Systems kompaniyasidagi davlatga tegishli 100 foiz ulushni xususiylashtirish haqida ketmoqda. MobiUz’ni sotish loyihasi hozir xalqaro savdolarning yakuniy bosqichida turibdi.

Avvalroq kompaniyani sotib olishga o‘n nafar xorijiy investor qiziqish bildirgan. Dastlabki saralashdan so‘ng yetti kompaniya final bosqichiga o‘tkazildi. Shulardan olti nafar da’vogar majburiy narx takliflarini taqdim etdi.

Xususiylashtirish jarayoni xalqaro maslahatchilar Rothschild & Co, KPMG va Deloitte ishtirokida olib borilmoqda. Loyiha Davlat xususiylashtirish komissiyasi tomonidan ma’qullangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mobiuz’ni sotib olish uchun final bosqichida 10 ta kompaniya raqobatlashishi haqida yozgan edi.

Shuningdek