Eronda yashash narxlarining keskin oshishi tufayli norozilik namoyishlari kuchaymoqda

Eronda yashash narxlarining keskin oshishi fonida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari kuchaymoqda. Tehrondagi to‘rtta universitetda yuzlab talabalar ketma-ket uchinchi kun namoyishga chiqdi. Ularga savdo markazlari va bozor savdogarlari ham qo‘shilgan.
Hukumat noroziliklarni rasman tan olganini ma’lum qildi. Hukumat vakili Fatemeh Mohajerani aholining kundalik daromadlari jiddiy bosim ostida qolganini aytdi va rasmiylar norozilik tashabbuskorlari bilan muloqot qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eron poytaxti boshqa hududga ko‘chirilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgan edi.
Unga ko‘ra, davlat rahbari bu masalani kechiktirib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Pezeshkianning aytishicha, avval davlat budjeti bunday ulkan loyihani amalga oshirishga imkon bermagan. Ammo hozirgi sharoit Tehronda yashash va rivojlanish yanada murakkablashganini ko‘rsatmoqda.