Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni tasdiqlash xarajatlari qoplab beriladi

eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha ekspertiza ishlari bepul amalga oshiriladi
Ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanadi
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni tasdiqlash xarajatlari qoplab beriladi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Hukumat qarori bilan «Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, «O‘zbekekspertiza» AJ tomonidan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha ekspertiza ishlari bepul amalga oshiriladi. Ushbu jarayon yakunida mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan mazkur sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uning amal qilish muddati davomida bir marotaba qoplab beriladi.

Vakolatli organ xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun har hafta yakunida tegishli ma’lumotlar keltirilgan reyestrni Kompaniyaga taqdim etadi. Ushbu reyestr elektron platforma – subsidiya.epauzb.uz orqali yuboriladi.

Vakolatli organning kompensatsiya olish bo‘yicha murojaati kompaniya tomonidan kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda tomchilatib sug‘orishni joriy etganlarga gektari uchun 12 mln so‘m subsidiya berilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek