O‘zbekistonlik shaxmatchi North American Open turniri gʻolibi boʻldi

eʼlon qilindi
6,5 ochko jamgʻardi
Foto: Uzbekistan chess federation

AQShning Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan «North American Open – 2025» xalqaro shaxmat turnirida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abdumalik Abdusalimov gʻalaba qozondi.

Ta’kidlanishicha, 125 nafar kuchli shaxmatchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada yosh grossmeyster 6,5 ochko jamgʻarib, turnirda birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin eronlik Magami Ehsan, uchinchi oʻrin esa hindistonlik Koustav Chatterjiga nasib qildi.

Musobaqada qatnashgan yana bir oʻzbekistonlik shaxmatchi Muhammadali Abdurahmonov ham 6,5 ochko toʻplab, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 5-oʻrinni band etdi. Xalqaro toifadagi sport ustasi Saidakbar Saidaliyev esa 5,5 ochko bilan 27-pogʻonadan joy oldi.

Ta’kidlash joiz, Abdumalik Abdusalimov hozirda FIDE reytingida 2560 ochko bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 278-oʻrinda qayd etilgan boʻlib, oʻzbekistonlik grossmeysterlar ichida yetakchi yettilikdan joy olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonlik shaxmatchilar Jahon chempionatida gʻolib boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek