2026-yilda sayohat uchun eng arzon uchta davlat aniqlandi

«Tutu» sayyohlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Belarus va Qirg‘iziston bu yil eng arzon xalqaro sayohat yo‘nalishlari uchligiga kirdi.
Ushbu uch mamlakat orasida Belarus eng arzon yo‘nalish bo‘ldi, bu yerda ikki kishilik bir haftalik ta’til o‘rtacha $995 ni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinda O‘zbekiston qayd etilgan, bu yerda taxminan $1156 ketadi. Qirg‘izistonda esa $1306 kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, Armanistonga sayohat $1331, Gruziyaga $1343 va Turkiyaga $1890 ga tushadi.
Sayohat qilish uchun nega aynan bir haftalik xarajatlar hisoblanganini «Tutu» sayyohlik xizmatining aviatsiya bozorini rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Artyom Kuzmin quyidagicha izohlagan.
«Eng yaxshi gastronomik tajribalarni boshdan kechirish, asosiy diqqatga sazovor joylarni ko‘rish yoki sanatoriyda dam olish uchun bir hafta kifoya», – deydi u.
Avvalroq «Kursiv» qish mavsumida sayohat qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar hamda narxlar haqida yozgandi.