Dumba kattalashtirish operatsiyadan so‘ng bloger vafot etdi

eʼlon qilindi
Hodisa 4-yanvar kuni sodir bo‘lgan
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Moskvada dumba kattalashtirish operatsiyasidan so‘ng bloger Yuliya Burtseva vafot etdi. Bu haqda Thevoicemag.ru nashri xabar bermoqda. Hodisa 4-yanvar kuni sodir bo‘lgan.

Amaliyotdan keyin bemorda anafilaktik shok rivojlangan. Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yuliya Burtseva so‘nggi besh yil davomida Italiyada yashagan. U yerda turmush o‘rtog‘i Juzeppe va qizi Sasha qolgan. Bloger ijtimoiy tarmoqlarda Italiyadagi hayoti va oilaviy munosabatlari haqida muntazam hikoya qilib kelgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Moskva shahar bosh boshqarmasi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ish ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish moddasi bo‘yicha tergov qilinmoqda. Huquqni muhofaza etuvchi organlar tibbiyot xodimlarining harakatlariga huquqiy baho beradi.

Rasmiy idoralar marhumaning o‘limi bilan bog‘liq barcha holatlar tekshirilib, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari asosida qaror qabul qilinishini ma’lum qildi.

Mazkur hodisa so‘nggi yillarda estetik jarrohlik bilan bog‘liq xavf-xatarlar yana bir bor jamoatchilik e’tiboriga tushishiga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek