«Lukoyl»ning xalqaro aktivlari uchun xaridorlar topildi — FT

eʼlon qilindi
Ikkita kompaniya 22 mlrd dollarlik aktivlarni sotib olishga urinmoqda
O‘zbekiston xalqaro sanksiyalarga muvofiq «Lukoyl» bilan hamkorlikni davom ettirmoqda
Foto: depositphotos

Amerikaning Chevron kompaniyasi va Quantum Energy Partners investitsiya guruhi «Lukoyl»ning xalqaro aktivlarini bo‘lib olish bo‘yicha bitim tuzish niyatida. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyalarning taklifi Lukoylning butun aktivlar portfeliga ta’sir qiladi, Quantum va Chevron esa uzoq muddatli istiqbolda $22 milliardlik aktivlarni sotib olishga harakat qilmoqda. Shuningdek, potensial sotib olish «Lukoyl»ning Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqdagi 2000 dan ortiq yonilg‘i quyish shoxobchalarini o‘z ichiga olgan butun xorijiy aktivlar portfelini qamrab olishi mumkinligi ta’kidlangan.

«Biz ushbu aktivlarga egalik huquqini Amerika operatoriga abadiy o‘tkazadigan savdoni qidiryapmiz. Aktivlar sotib olingandan so‘ng darhol sotilishini istamaymiz», – dedi amerikalik amaldor gazetaga.

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi 2025-yilning oktabr oyida ikkita neft kompaniyasi – «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Ularning Rossiyada joylashgan sho‘ba korxonalari ham cheklovlarga duchor bo‘ldi.

Tez orada «Lukoyl» o‘zining xorijiy aktivlarini sotishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Vladimir Putin AQShning Rossiya neft kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashini kutmasligini aytdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston xalqaro sanksiyalarga rioya qilgan holda Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek