Noqulay ob-havo sababli bir qator reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

eʼlon qilindi
Havo harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida
Noqulay ob-havo sababli bir qator reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi / Foto: Facebook

Aeroport hududidagi kuchli tuman sababli bir qator xalqaro va ichki aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Fly Khiva aviakompaniyasining Madinadan Qarshiga uchgan 2U7623 reysi, Centrum Air aviakompaniyasining Jiddadan Buxoroga uchgan C63316 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Qozondan Farg‘onaga uchgan HY9652 reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan. Ural Airlinesning Moskvadan Qarshiga uchgan U62457 reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, Asia Union aviakompaniyasining Jiddadan Farg‘onaga uchgan 7Q2242 reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga qaratildi. Havo harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilarga muqobil yo‘nalishlar va xizmatlar taqdim etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan, Farg‘ona va Andijon aeroportlarida ayrim reyslar bekor qilingan edi.

Shuningdek