Hyundai beshta model narxini pasaytirdi — ro‘yxat

eʼlon qilindi
$1,4 minggacha chegirma e’lon qilindi
Hyundai beshta model narxini pasaytirdi — ro‘yxat / Foto: Hyundai

Beijing Hyundai kompaniyasi Xitoy bozorida avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha yangi aksiyani boshladi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, beshta mashhur model narxi yanvar oxirigacha pasaytirilgan bo‘lib, chegirma miqdori 10 ming yuanga (taxminan $1,4 ming) yetadi.

Chegirma narxlar va modellar ro‘yxati:

Avtomobil modeliNarxi (yuan)Narxi (dollar)
Hyundai Elantra69,8 ming9,9 ming
Hyundai Sonata115,8 ming16,5 ming
Hyundai Tucson L (2025)119,8 ming17,1 ming
Hyundai Custo139,8 ming19,9 ming
EO Yiou (elektrik krossover)119,8 ming17,1 ming

Shuningdek, eski avtomobilini yangisiga almashtirayotgan mijozlar uchun qo‘shimcha subsidiyalar 10 ming yuangacha (taxminan $1,4 ming) taqdim etiladi. Barcha chegirmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia avtomobillarining narxlari pasaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek