Yandex Maps mobil ilovasida biznes profilni telefondan boshqarish imkoni yaratildi

eʼlon qilindi
Endi tadbirkorlar smartfon orqali tashkilot profillarini yaratishi va tahrirlashi mumkin
Foto: Yandex Maps

Yandex Maps mobil ilovasi yangilandi. Endi tadbirkorlar smartfon orqali tashkilot profillarini yaratishi va tahrirlashi mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.

So‘rovnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 36 foizi xaritalardan kamida oyiga bir marta foydalanadi. Aholining 65 foizi esa joy qidirishda aynan xarita xizmatlariga murojaat qiladi. Shu sabab biznes uchun xaritadagi to‘g‘ri va to‘liq profil muhim ahamiyatga ega.

Yangilanishdan so‘ng tadbirkorlar telefon orqali tashkilotni xaritaga qo‘sha oladi. Profil sozlashda faoliyat toifasini to‘g‘ri tanlash muhim. Bu potensial mijozlar tomonidan topilish ehtimolini oshiradi.

Mobil ilovada manzil, telefon raqami, veb-sayt va ish vaqtini tahrirlash mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarga havolalar qo‘shish imkoniyati ham bor. Foto, video va logotip yuklash, shuningdek, mijozlar fikrlariga javob berish funksiyalari mavjud. Barcha faolliklar bo‘yicha push-xabarnomalar va elektron pochta orqali ogohlantirishlar yuboriladi.

Agar kompaniya allaqachon Yandex Maps’da mavjud bo‘lsa, profilni boshqarish huquqini olish oson. Buning uchun SMS yoki yuz orqali verifikatsiyadan o‘tish kifoya. Profilini muntazam yangilab boradigan tashkilotlar «Egasi tomonidan tasdiqlangan» belgisi bilan ajratib ko‘rsatiladi.

Yandex Maps ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda verifikatsiyadan o‘tgan tashkilotlar soni ikki baravarga oshgan. Bu xaritalar servisining biznes uchun tobora muhim platformaga aylanayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yandex «Alisa» va aqlli qurilmalar uchun yangilanishni taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek