Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«O’zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi neft bazalari rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olindi
Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olindi / Foto: depositphotos

Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olindi. Bu haqda «O’zbekneftgaz» matbuot kotibi xabar berdi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov neft bazalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda neft bazalarining faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish va ishchilarga mehnat sharoitlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor qaratilgan jihat, aholiga sifatli neft mahsulotlarini yetkazib berish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganish natijasida Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari yil davomida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimlaridan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boysundagi «M-25» konida neft sizib chiqishining oldi olingandi. Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «M-25» konida 2025-yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida tarkibida neft saqlovchi suyuqlikning yer yuziga sizib chiqishi kuzatildi. Energetika vazirligi vaziyat to‘liq nazoratga olingani va suyuqlik jilovlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek