Toshkent metrosi sxemasi yangilandi: nimalar o‘zgardi

Toshkent metropoliteni liniyalarning yangilangan grafik metro sxemasi taqdim etildi. Unda yo‘lovchilar uchun muhim metro harakat jadvali va vaqt ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan.
O‘zgarishlarga asosan, Yunusobod va Halqa yerusti yo‘li yo‘nalishlarida Toshkent metrosi bekatlar oralig‘idagi vaqt ko‘rsatkichlari qayta hisoblab chiqildi. Yangilangan xarita orqali poyezdlarning birinchi va oxirgi bekatlar o‘rtasidagi o‘rtacha harakatlanish vaqtini aniq ko‘rish mumkin.

Sxemaga yo‘lovchilar qulayligi uchun qo‘shimcha navigatsiya ma’lumotlari kiritildi. Xususan, metro bekatlari yaqinidagi joylar ro‘yxati kengaytirilib, unga shahar atrofi avtostansiyalari, yirik sport inshootlari, bozorlar va istirohat bog‘lari qo‘shildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi yil munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytirilgani haqida xabar bergan edi.