12-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar yana oshdi
Foto: Depositphotos

12-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 22,53 so‘mga oshib, 12 131,55 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

AQSh valyutasi yilni pasayish (20,92 so‘m) bilan boshlab, 5-yanvar kuni 12 004,41 so‘mga tenglashdi. 6-yanvar kuni dollar 52,17 so‘mga pasayib, 11 952,24 so‘mni tashkil etgan edi. 7-yanvar kuni 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga, 8-yanvarda 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mga, 9-yanvarda esa 75,74 so‘mga oshib, 12 109,02 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 14,94 so‘mga tushib, 14 124,76 so‘mni, rubl 3,23 so‘mga oshib, 153,54 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi. 

Shuningdek