Meta sun’iy intellekt markazlari uchun yadro energiyasidan foydalanishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Vistra korporatsiyasiga tegishli 3 AES bilan shartnoma imzolandi
Foto: askarimullin / Depositphotos

Meta Platforms 9-yanvar kuni AQShdagi uchta energetika kompaniyasi bilan 20 yillik shartnomalar imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Kompaniya Vistra korporatsiyasiga tegishli Perry va Davis-Besse, shuningdek, Pensilvaniyadagi Beaver Valley atom elektr stansiyalaridan elektr energiyasi sotib oladi. Mazkur kelishuv ushbu stansiyalarning ishlash muddatini uzaytirish va infratuzilmani kengaytirishga moliyaviy ko‘mak beradi.

Foto: Forbes

Shuningdek, Meta kichik modulli reaktorlar (SMR) sohasida faoliyat yurituvchi Oklo va milliarder Bill Geyts tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan TerraPower kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Oklo bilan hamkorlik 2030-yildan boshlab 1,2 GVt quvvat olishni, TerraPower bilan esa 2032-yilga kelib 690 MVt quvvat yaratishni maqsad qilgan.

Meta global masalalar bo‘yicha rahbari Joel Kaplan Constellation Energy bilan avvalroq tuzilgan shartnomani eslatib, yangi rejalar kompaniyani Amerika tarixidagi yadro energiyasining eng yirik korporativ xaridorlaridan biriga aylantirishini ta’kidladi. Ushbu xabar ortidan fond bozorida Oklo aksiyalari qariyb 20 foizga, Vistra aksiyalari esa 8 foizga qimmatlashdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Meta Xitoyda asos solingan Manus SI startapini sotib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek