O‘zbekistonda 438 mingdan ortiq kishilar o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar orasida «Kreditga taqiq» xizmati tobora ommalashib bormoqda. Bu haqda KATM ma’lum qildi.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, ushbu xizmatga ulanganlar soni 438 322 nafarga yetdi. Foydalanuvchilarning 292 722 nafari erkaklar, 145 600 nafari esa ayollardan iborat.
2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, «Kreditga taqiq» xizmatiga jami 149,5 ming nafar jismoniy shaxs ulangan. Ulardan 101,5 ming nafari erkaklar, 48 mingga yaqini ayollar bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, «Kreditga taqiq» xizmati jismoniy shaxslarga firibgarlik va nojo‘ya kredit operatsiyalaridan himoyalanish imkonini beradi. Foydalanuvchilar ushbu xizmatni onlayn va oflayn shaklda mustaqil ravishda yoqish yoki o‘chirish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kredit tashkilotlarida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan «sirli mijoz» usulidagi nazorat tadbirlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.