Nubia Red Magic 11 Air o‘yin smartfonini namoyish etdi

9-yanvar 2026 22:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Nubia Red Magic 11 Air o‘yin smartfonini namoyish etdi / Foto: Nubia

Nubia kompaniyasi yangi o‘yin smartfoni – Red Magic 11 Air’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Smart Pikachu insayderining ma’lumotlariga ko‘ra, Red Magic 11 Air qalinligi 7,85 mm, og‘irligi esa 207 g bo‘ladi. Qurilma 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Shuningdek, 120 Vt quvvatli zaryadlash, 6,9 dyuymli ekran, 24 GB RAM, sovitish tizimi va Snapdragon 8 Elite platformasiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ushbu model Red Magic 11 Pro’dan bir daraja pastroq o‘rin egallaydi. Flagman modellarda akkumulyator kattaroq, platforma kuchliroq, ammo qurilma qalinroq va og‘irroq (8,9 mm va 230 g) chiqqan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nubia ilk Android planshetini taqdim etgan edi.

Shuningdek