O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasi narxi ilk bor 9 mln so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
12-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:26 holatiga
цены на золото
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9 mln so‘mdan oshdi / Foto: Unsplash

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasi narxi ilk bor 9 mln so‘mdan oshdi. Markaziy bank 12-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:26 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 8,831 mln so‘mdan 9,010 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,488 mln so‘mdan 8,660 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,402 mln so‘mdan 8,573 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm9 010 000 so‘m8 660 000 so‘m8 573 000 so‘m
10 gramm18 020 000 so‘m17 320 000 so‘m17 145 000 so‘m
20 gramm36 040 000 so‘m34 640 000 so‘m34 291 000 so‘m
50 gramm90 100 000 so‘m86 601 000 so‘m85 726 000 so‘m
100 gramm180 200 000 so‘m173 202 000 so‘m171 453 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida ham oltin biroz oshdi. 12-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:41 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4,58 mingni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, oltin narxi O‘zbekistonda 2025-yil davomida 49 marta oshgandi. Eng yuqori o‘sish 29-dekabr holatiga to‘g‘ri kelgan. Bunda 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan oshdi. 10 grammli quymaning qiymati 17,9 mln so‘mga yetdi.

Shuningdek