Ustyurt mintaqasida yangi gaz oqimi aniqlandi

eʼlon qilindi
Shagirlik-quyi yura maydonidagi quduqdan 5 ming metrdan ortiq chuqurlikda gaz uyumlari topildi
Foto: O‘zbekneftgaz

Ustyurt mintaqasidagi «Mo‘ynoq» koni yaqinida joylashgan Shagirlik-quyi yura 2-sonli izlov qudug‘ida tabiiy gaz oqimi aniqlandi. 2026-yil 10-yanvar kuni yakunlangan burg‘ilash ishlari natijasida 5 ming metr chuqurlikdan gaz topilgan.

Video: UzA

Gaz oqimi quduqning 5265 – 5061 metr oralig‘idagi qatlamlarda aniqlangan. Geologik qidiruv va burg‘ilash ishlari «O‘zbekgeofizika» AJ hamda «Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» davlat muassasasi hamkorligida olib borilmoqda.

Mazkur kashfiyot hududning uglevodorod zaxiralarini o‘zlashtirishda yangi istiqbollarni ochishi kutilmoqda. Loyiha doirasida yaqin kelajakda maydonda yana 3 va 4-sonli izlov quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan gaz qazib olish 5 foizga qisqargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek