Oltin narxi tarixiy maksimumni yangilab, ilk bor 4,6 ming dollardan oshdi

eʼlon qilindi
Oltin narxining keskin oshishini jahon moliya bozorlaridagi noaniqlik bilan izohlanmoqda
Oltin
Oltin narxi tarixiy maksimumni yangilab, ilk bor 4,6 ming dollardan oshdi / Foto: Getty images

Comex birjasida oltin narxi yangi rekord darajaga chiqdi, deb xabar bermoqda TASS. Unga ko‘ra, 2026-yil fevral oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari narxi bir troya unsiyasi uchun $4,6 mingdan oshdi.

Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, 12-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:47 da oltin narxi $4,6 mingni tashkil etib, 1,92 foizga oshgan. Soat 05:55 ga kelib esa narx yanada ko‘tarilib, bir unsiya uchun $4, 61 mingga yetdi. Bu o‘sish 2,03 foizni tashkil etdi.

Mutaxassislar oltin narxining keskin oshishini jahon moliya bozorlaridagi noaniqlik va investorlarning ishonchli aktivlarga bo‘lgan talabi ortib borayotgani bilan izohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasi narxi ilk bor 9 mln so‘mdan oshgandi. Markaziy bank 12-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:26 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi. Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 8,831 mln so‘mdan 9,010 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,488 mln so‘mdan 8,660 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,402 mln so‘mdan 8,573 mln so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek